21 Dekabr 2020 yil 508

24 dona “7 ShOT” nomli pirotexnika vositasi ushlandi        

Tobora yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramini koʼpchilik orziqib kutmoqda. Oila aʼzolari bilan nishonlanadigan bayram dasturxoni tukis boʼlishi uchun hamma harakatda. Аmmo baʼzi hamyurtlarimiz bayramni poqildoqsiz tasavvur qilisha olmayati shekilli. Yoʼqsa, mamlakatimizda pirotexnika vositalari olib kirilishi va savdosiga chek qoʼyilganiga qaramay baʼzi shaxslar pana pastqamlarda bozorlarning burchaklarida noqonuniy yoʼllar bilan olib kelingan poqildoqlarni xarid qilmoqda. Jumladan, shu yil 19 dekabrь kuni  soat 18:20da Qarshi shahar Mustaqillik shoh koʼchasida joylashgan “EMRАH” kafesi oldida harakatlanib ketayotgan qarshilik J.X. hamda N.D.ni qoʼlida boʼlgan qora rangli sport sumkasi boshqarma PPX va JTSB PPXB xodimlari tomonidan koʼzdan kechirilganda Qirgʼiziston Respublikasida ishlab chiqarilgan 24 dona “7 ShOT” nomli pirotexnika vositasi borligi maʼlum boʼldi.

Text to speech