23 noyabr – Ichki ishlar organlarining Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati tashkil topgan kun
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida, keyingi yillarda Respublikaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida ularning xavfsizligini ham ta’minlash mas’uliyatini oshirdi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi 939-sonli qarori bilan Qashqadaryo viloyati IIB negizida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil qilindi va boshqarma xodimlariga xorijiy hamda mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash yuklatildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining samarali xizmat o‘tashlari uchun xizmat binosi zamonaviy tarzda ta’mirlanib, yangidan jihozlanib topshirildi. Shuningdek, xizmatda foydalanish uchun zamonaviy rusumdagi transport vositalari ajratildi. Xizmat hududlari zamonaviy axborot texnologiyalari, xorijiy tillarda lug‘atlar, turizmga oid ma’lumotlar aks ettirilgan buklet, flayer va boshqa zarur buyumlar bilan jihozlandi.
Boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda jami 480 ta rasmiy delegatsiyalar, xalqaro festivallar, sport anjumanlari milliy bayram tadbirlari o‘tkazilib, ularga 2.087 nafar boshqarma xodimlari jalb etildi.
Boshqarma tashkil etilganidan bugungi kungacha bo‘lgan davrda viloyatga jami 845.800 nafardan ziyod xorijiy va 8.750.000 nafardan ziyod mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi. 123 ta xorijiy davlat delegatsiyasi vakillarini kutib olish, xavfsizligini ta’minlash va kuzatish ishlari tashkil etilib, tashrif davomida ko‘ngilsiz holatlarga yo‘l qo‘yilmadi. Tashrif obyektlarida xizmat olib borayotgan boshqarma xodimlariga turli masalalarda yordam so‘rab 37.553 nafar xorijlik va 72.091 nafar mahalliy sayyohlar murojaat qildi hamda ularning barchasiga zarur yordam ko‘rsatildi.
O‘tgan davr mobaynida boshqarma xodimlari tomonidan hududiy IIBlar bilan hamkorlikda 97 ta, shaxsan 11 ta jinoyat fosh etildi hamda 39 nafar muqaddam qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
Joylashtirish vositalari tomonidan tashrif buyurgan shaxslarni
33 marotaba “Ye-mehmon” elektron tizimi orqali ro‘yxatga olinmagan holatlar aniqlanib, belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirilishi mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligi, qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘liq ta’minlandi. Zero, sayyoh xavfsiz va tinch yurtga tashrif buyuradi.