19 Mart 2025 yil 1584

“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida...

Chiroqchi tumanida Davlatimiz rahbarining 2025 yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan o‘rganishlar olib borildi.

Tumandagi Amir Temur mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish davomida huquqbuzarliklar, jinoyatlarni oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Mahalla yettiligining faoliyati tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari bartaraf etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

So‘ngra, jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudining ochiq sud majlisi o‘tkazildi. Sudda tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan ahloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan 5 nafar shaxaslarning tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani, mehnatga halol munosabatda bo‘lgani bois muddatdan ilgari shartli ozod qilindi.

Text to speech