2021 yil 11 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar sarhisob qilindi
2021 yil 21 dekabr kuni Viloyat prokurorining oʼrinbosari adliya katta maslahatchisi U.B.Saʼdullaevlar boshchiligida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi shaxsiy tarkibi va Viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik X.N.Аtanazarov barcha shahar-tuman tergov idoralari rahbarlari, tergovchi va surishtiruvchilari hamda barcha shahar-tuman prokurorlarining oʼrinbosarlari ishtirokida videoselektor tarzida yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda, Tergov idoralari tomonidan 2021 yil 11 oyi 20 kun mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar, sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish, shuningdek, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Davlat bojxona qoʼmitasi hamda Sud-tibbiy ekspertizasi byurosining 14.12.2019 yildagi Qoʼshma koʼrsatmasi talablari boʼyicha joriy yilda sodir etilgan jinoyatlar va ularni sodir etgan shaxslar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni, qoʼzgʼatilgan, tergov davrida aniqlangan qoʼshimcha jinoyatlar hamda tergovi yakunlangan jinoyat ishlari boʼyicha barcha elektron hisob kartochkalarini hamda jinoyatga oid ariza, hodisa va xabarlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlab, jinoyatlarni 2022 yilga asossiz oʼtkazilishiga yoʼl qoʼymaslik masalalari keng muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.