4 Noyabr 2021 yil 503

20.000.000 soʼmlik tilla taqinchoqlar oʼgʼrsiga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

2021 yil 29 oktyabr kuni tushgan xabarga koʼra, Qarshi shahar “Nuriston” MFYda yashovchi R.O viloyat IIBning “102” xizmatiga murojaat qilib, shu kuni soat 08:00larda yashash xonadonida turgan, jami bozor bahosi 20.000.000 soʼm boʼlgan tilla buyumlarini Qarshi tumani “Mirmiron” MFYda yashovchi I.I oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 3-sonli IIB TB tomonidan I.I.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech