10 Sentyabr 2021 yil 479

Oʼquvchilarga kitoblar sovgʼa qilindi


“Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida vohaning barcha shahar-tumanlarida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ruy berganlarini “issiq izlar”da fosh etish borasida bir qator profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada Qarshi shahar 3-sektor hududida joylashgan mahallalar, korxona va tashkilotlar taʼlim muassasalarida ham huquqiy tushuntirish ishlari jadal olib borilmoqda. Yaqinda Qarshi shahar IIO FMB boshligʼi, 3-sektor rahbari polkovnik
B. Mirzaev shahar XTBga qarashli 29-umumtaʼlim maktabi oʼquvchilari bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Uchrashuvda sektor rahbari oʼquvchilarni mustaqilligimizning 30 yilligi va yangi oʼquv yili ayyomi bilan qutladi. Dars mashgʼulotlarini puxta oʼzlashtirish, ustozlar oʼgitiga amal qilgan har qanday oʼquvchi koʼzlagan maqsadiga erishishi uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilganini eʼtirof etdi. Аmaldagi oʼquv yilida oʼquvchilar turli nojoʼya xatti-harakatlar sodir etmasdan kitobxonlik, bilimlar bellashuvi va sport sohalarida yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi.
Tadbir yakunida sektor rahbari tomonidan maktab oʼquvchilariga 120 ta badiiy kitoblar sovgʼa qilindi.

Text to speech