2.000.000 soʼm pul talab qilgan tovlamachi qoʼlga olindi
Fuqaro S.S ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 25 may kuni kech soat 21:00 larda Nishon tumani Nuriston mahallasida yashovchi tanishi Oqila ismli ayolning uyiga borgani, shu kuni kech soat 03:30 da notanish ikki nafar fuqarolar xonadonga bostirib kirib, ularning biri oʼzini “Maʼruf bloger” deb tanishtirib unga “ushbu xonadonga nima sababdan kelgansan” deb urib oʼzining telefon apparatiga vedio tasvirga olganligini, shundan soʼng ushbu “Maʼruf bloger” ismli shaxs unga ushbu vedio tasvirni ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborib sharmanda qilishini aytib, undan 2.000.000 soʼm pul talab qilib kelayotganligini maʼlum qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda joriy yilning 29 may kuni soat 16:00lar atrofida fuqaro R.M ariza muallifidan talab qilingan 2.000.000 soʼm pullardan kimyoviy ishlov berilgan 1.000.000 soʼm pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nishon IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublika Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʼllanilgan