15 Sentyabr 2021 yil 511

200 gramm poroxni oʼz ixtiyori bilan topshirdi


“Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri davomida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish borasida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelayotir. Jumladan, viloyat IIB PPX va JTSB hamda Koson tumani IIB JTSG xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tushuntirish va targʼibot ishlari davomida tumanning “Mudin” MFYda yashovchi O.U. molxonasini qayta qurish maqsadida devorini buzayotgan vaqtida, marhum bobosiga tegishli 200 gr porox topib olib oʼz ixtiyori bilan tuman IIBga topshirdi.

Text to speech