1.562,9 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi saqlab kelayotgan fuqaro qoʼlga olindi
2022 yil 29 mart kuni DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB va Koson tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbiri davomida, Koson tumani Nurafshon MFYda yashovchi fuqaro U.O.ning yashash xonadoni va Koson tumani Nurafshon MFY hududida joylashgan “BEK” nomli oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga moʼljallangan doʼkon tezkor tadbir davomida xolislar ishtirokida tekshirilganida mazkur doʼkonning mahsulotlar saqlanadigan qoʼshimcha xonasidan qogʼoz yashik ichida boʼlgan koʼk va qora rangli politelin paketlarga oʼralgan yashil rangli, oʼtkir xidli quruq holatdagi ogʼirligi 1.562,9 grammga teng boʼlgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi hamda tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.