12 Mart 2020 yil 1031

15.000.000 SO'M MIQDORDAGI PUL MUKOFOTI BILAN MUKOFATLANDI/

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi xodimi 3 fevralь kuni tuman IIB boshligʼi nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda oʼzining ish yurituvida Kasbi tumani “Xoʼjaxayron” mahallasida yashovchi fuqaro 34 yoshli S.X.ning uyidagi somonxonasida noqonuniy ravishda qoʼlbola usulda yasalgan juvoz uskunasini oʼrnatib paxta chigitidan yogʼ va shrot yemi ishlab chiqarayotganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari borligini, tekshiruv jarayonida S.X. undan oʼziga nisbatan qonuniy chora koʼrmaslik va jinoyat ishi qoʼzgʼatishni rad qilish toʼgʼrisida qaror qabul qilishini soʼrab, evaziga jami 6.000.000 soʼm miqdorida pora taklif qilayotganligini bildirib, S.X.ga nisbatan qonuniy chora koʼrishlikni soʼragan.

Shu bildirgiga asosan 3 fevralь kuni soat 21-35 da IIV Oʼz xavfsizlik boshqarmasi Qashqadaryo viloyati boʼyicha boʼlimi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kasbi tumani boʼlimi va Kasbi tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.X. pora sifatida taklif qilgan jami 7.500.000 soʼm va 200 АQSh dollarini xodimning xizmat xonasida unga berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan va pullar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman Ichki ishlar boʼlimi huzuridagi Tergov boʼlinmasi boshligʼi mayor Muhammadiev Аlisher Usmonovich oʼz vaqtida xabar berganligi uchun Qashqadaoryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Sh.H.Satvoldiev tomonidan 15.000.000 soʼm miqdordagi pul mukofoti bilan mukofotlandi.   

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati

Text to speech