19 May 2022 yil 534

14 tup kannabis

      2022 yil 17 may kuni soat 16:20larda Koson tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilayotgan “Qoradori-2022” tezkor tadbiri davomida tumanning “Rahimsoʼfi” MFYda yashovchi F.N. yashash uyi tomorqasida 14 tup “Kannabis” oʼsimligini ekib, parvarishlab kelayotganligi holati aniqlandi. “Kannabis” taroziga qoʼyilganda 25,3 gramm tosh bosdi.
      Bundan tashqari, F.N.ning uyi hovlisidan esa yelim idishda qora rangli politilen paketga solingan, ogʼirligi 10,36 grammga teng boʼlgan, “Marixuanna” giyohvandlik vositasi topildi.
Holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech