17 Avgust 2021 yil 513

14 nafar shaxslar muddatidan oldin ozod etildi

Joriy yilning 16 avgust kuni Jinoyat ishlari boʼyicha Mirishkor tuman sudida Kasbi tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida nazoratda turgan 14 nafar shaxslarni muddatidan oldin jazodan ozod qilish boʼyicha kiritilgan taqdimnomalar yuzasidan sud jarayoni boʼlib oʼtdi. Sud jarayonida ushbu shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73 moddasiga asosan tegishli muddatlarini oʼtaganligi, sodir etgan qilmishlaridan chin koʼngildan pushaymonligi, mehnatga vijdonan munosabatda boʼlib kelganligi inobatga olinib sudning ajrimiga asosan tayinlangan jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildilar.

Text to speech