“Yoshlar korruptsiyaga qarshi!”
IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Yoshlar korruptsiyaga qarshi” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat sudi, litsey oʼqituvchilari va 3-kurs oʼquvchilari ishtirok etdi. Tadbirni akademik litsey direktori podpolkovnik M.Doʼstyorov ochdi.
Tadbirda hozirgi kunda mamlakatimizda sud huquq tizimidagi islohotlar, yoshlar oʼrtasida roʼy berayotgan huquqbuzarliklarning turli koʼrinishlari, bezorilik, oʼgʼrilik haqida, shuningdek, jamiyatimizda yuz berayotgan boshqa jinoyatlar haqida ishtirokchilarga viloyat sudi sudʼyalari F.Niyozov va Sh.Baxtiyorov maʼruza qilishdi. Bundan tashqari, jamiyatda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida yoshlar oʼrtasida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar toʼgʼrisida ham fikr yuritildi.
Ochiq muloqot ruhida oʼtgan yigʼilishda davr muammosi boʼlgan korruptsiyaga qarshi kurash va yoshlar oʼrtasida jinoyatchilikning oldini olish mavzusida oʼquvchilar tomonidan berilgan savollarga sudьyalar batafsil javoblar berishdi.