4 Oktyabr 2021 yil 497

100 АQSh dollari va 1 million soʼm pullarni o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi

Kitob tumani “H.Doʼstligi” MFYda yashovchi J.N 2021 yil 16 sentyabr kuni ariza bilan murojaat qilib, arizasida shu kuni nomaʼlum shaxs yashash uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, yashash uyi xonasidagi shkafning ichidan 100 АQSh dollari va 1 million soʼm miqdoridagi pullarini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Kitob tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu oʼgʼirlik jinoyatini, Kitob tumani Panji MFYda yashovchi Z.А sodir etganligi aniqlanib Oʼzbekiston Respublikasi JPKning 224-moddasi tartibida ushlangan. Kitob tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Z.А.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech