16 Avgust 2022 yil
533
10 tup kannabis
Mamlakatmizda ichki ishlar organlari xodimlarining boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Qoradori-2022” tezkor tadbiri davomida zahri qotil shaydolarining kirdikorlari fosh etilmoqda. Jumladan, G‘uzor tumani tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2022” tezkor tadbiri davomida tumanning “Chaqar” MFYda yashovchi M.Z.ning yashash hovlisi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 10 tup “kannabis” giyohvandliuk o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.
Holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.