6 May 2022 yil
568
10 tup kannabis
Xalqimizda odamning olasi ichida boʼladi, degan naql bor. Darhaqiqat, Gʼuzor tumani “Xoʼjaguzar” MFYda yashovchi R.M. ham ana shunday shaxslar toifasidan boʼlib chiqdi. Uning xonadoni 2022 yil 03 may kuni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, tomorqasida 10 toʼp “KАNNАBIS” oʼsimligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi. Nam holatdagi “kannabis” taroziga qoʼyilganda 31.8 gramm tosh bosdi.
Mazkur holat yuzasidan Gʼuzor tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.