1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Qashqadaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i
polkovnik
Abduvoxid
Salomovich Ismoilovning
1
oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Muhtaram
ustozlar va murabbiylar!
Barcha
ichki ishlar organlari tizimida fidokorona xizmat qilayotgan
ustoz-murabbiylarni, faxriylarini hamda ta’lim muassasasi o‘qituvchilarini 1 oktabr
– O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod
etaman.
Xalqimiz
azal-azaldan ustoz-murabbiylarni
mo‘tabar va tabarruk zot sifatida e’zozlab kelgan.
Barcha
sohalardagi kabi ichki ishlar organlarida ham ushbu bayram keng nishonlanishi
bejiz emas.
Ichki
ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarimiz yosh
xodimlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularga kasb sirlarini
o‘rgatish, vatanparvar, mard va jasurlik xislatlarini singdirishdek mas’uliyatli
vazifani sharaf bilan ado etib kelmoqda.
Jumladan,
muhtaram Prezidentimizning kuni kecha ustoz va murabbiylarga yo‘llagan
tabrigida “Xalqimiz o‘zining azmu shijoati, bunyodkorlik salohiyati bilan Yangi
O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan bugungi kunda
ushbu ulug‘ ayyomning mohiyati, muallim va ustozlarning jamiyatimiz hayotidagi
o‘rni va ahamiyati ayniqsa ortib bormoqda” deya bejizga ta’kidlamadilar.
Mamlakatimizda
ta’limga, o‘qituvchi va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor,
o‘z navbatida farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizga munosib, zamonaviy bilim va
kasb-hunarlarni mukammal egallagan, eng asosiysi, ona vatanimiz taraqqiyoti
yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishiga zamin yaratishi shubhasiz.
Ichki
ishlar tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan aziz ustoz-murabbiylarimiz o‘zining bor
kuch va salohiyatini, bilim va tajribasini safarbar etib, yurtimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta bo‘lishlariga ishonamiz.
Fursatdan
foydalanib, ichki ishlar organlarida yoshlarga zamonaviy talablar asosida bilim
berish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptirish ishlariga
ulkan hissa qo‘shayotgan aziz o‘qituvchi va murabbiylar hamda ustozlarimizni
yana bir bor bayram bilan qutlab, ularga uzoq umr, mustahkam sog‘lik,
baxt-saodat, kelgusidagi ustozlik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar
tilayman.