30 Sentyabr 2025 yil 828

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Salomovich Ismoilovning 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Muhtaram ustozlar va murabbiylar!

Barcha ichki ishlar organlari tizimida fidokorona xizmat qilayotgan ustoz-murabbiylarni, faxriylarini hamda ta’lim muassasasi o‘qituvchilarini 1 oktyabr  O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Xalqimiz azal-azaldan ustoz-murabbiylarni mo‘tabar va tabarruk zot sifatida e’zozlab kelgan.
Ichki ishlar organlarida ham ushbu bayram keng nishonlanishi bejiz emas.
Ustoz va murabbiylarimiz yosh xodimlarga kasb sirlarini o‘rgatib, vatanparvar, mard va jasurlik xislatlarini ular ongiga singdirib, mas’uliyatli har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, vazifani sharaf bilan ado etmoqda.
Tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan aziz ustoz-murabbiylarimiz o‘zining bor kuch va salohiyatini, bilim va tajribasini safarbar etib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta bo‘lmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning kuni kecha ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigida “Hammamizga ayonki, kelajak  zamonaviy bilim bilan qurollangan kasb-hunar egalarinikidir. Biz bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim. Shu bois yoshlarimizni davr bilan hamnafas bo‘lib, har qanday raqobatga bardosh bera oladigan yetuk mutaxassislar etib tarbiyalashimiz kerak” - deya bejizga ta’kidlamadilar.
Yoshlarga zamonaviy talablar asosida bilim berish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptirish ishlariga ulkan hissa qo‘shayotgan aziz o‘qituvchi va murabbiylar hamda ustozlarimizni yana bir bor bayram bilan qutlayman.
Siz aziz va muhtaram ustoz murabbiylarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, kelgusidagi yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatishdek mashaqqatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Text to speech