9 Avgust 2022 yil 252

“Vatanaparvarlik oyligi” davom etmoqda

Viloyat Ma’nviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi va shaxmat-shaka bo‘yicha musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi shahar IIO FMB, Transportda XTB, YHXBlari xodimlari ishtirok etdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi tavsiya etilgan va boshqa badiiy adabiyotlar asosida olingan sinovlarda kitobxonlik va kitob mutolasi g‘oliblari va aql charxi ustalari borasidagi boshqarma rahbariyati tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi.

Text to speech