25 Iyun 2022 yil 247

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Qashqadaryo viloyati hududida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar davomida, viloyat IIB JXX JTSB, viloyat Ovchilik jamiyati va viloyat Ekologiya mas’ullari tomonidan Dehqonobod tumani IIB ruyxatida turuvchi shaxsiy o‘qotar ov qurol egalari bilan uchrashuv o‘tkazildi, unda O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi tushuntirib o‘tildi.

Tadbirda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda targ‘ibot va tashviqot ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan  ovchilarga, qimmat baho sovg‘alar topshirildi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech