19 Avgust 2022 yil 282

Muammolar yechim topmoqda

Bugun, 19 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev qabulga kelgan fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlarini tinglab, birma-bir ko‘rib chiqdi.

 Bunda asosan, murojaatlarning joyida hal etilishiga e’tibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan muammolar nazoratga olinib, chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech