SAYYOR QABUL
Xalq bilan ochiq muloqot qilish orqali inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qamashi tumani “Berdoli” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Yuzma-yuz ochiq muloqot tarzda o‘tgan sayyor qabulda fuqarolarning 11 ta jumladan, ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tergov va surishtiruv ishlariga oid va boshqa murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 6 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Jarayonda ilk fuqarolik hujjati olayotgan 6 nafar yoshlarga ID-kartalar berildi.
O‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olinib, mas’ullarga yuklatildi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadri ustuvor darajaga ko‘tarilgan jamiyatimizda fuqarolarning kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammolarni joyiga borib bartaraf etib, ularni hayotda rozi qilishdir