13 Mart 2021 yil
755
Probatsiya hisobidagi shaxslarning huquq va majburiyatlari toʼgʼrisida huquqiy tushuncha berildi
Qashqadaryo viloyati IIB Probatsiya boʼlimi xodimlari tomonidan Qarshi shahar Shayxali qoʼrgʼonidagi 35-son manzil-koloniyasida jazo muddatini oʼtayotgan shaxslar uchun targʼibot tadbiri oʼtkazildi. Tadbir davomida jazo muddatini oʼtayotgan shaxslarga Probatsiya xizmatining mazmun-moxiyati, Probatsiya hisobida turgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularga huquqiy va psixologik yordam koʼrsatilishi, ish bilan taʼminlash va kasbga qayta oʼqitish boʼyicha olib borilayotgan ishlar shuningdek Probatsiya hisobidagi shaxslarning huquq va majburiyatlari toʼgʼrisida huquqiy tushuncha berildi. Tadbir davomida jazo oʼtayotgan shaxslarning savollariga javob berildi.