25 Noyabr 2024 yil 597

Ochiq eshiklar kuni

IIV Qashqadaryo akademik litseyi tashabbusi bilan otaliqqa olingan Qarshi tumanidagi 6-maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda maktab o‘quvchilari litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, oshxona, kutubxona, tayyorlov markazi, vohamiz ijodkorlari hamda litsey muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.Tadbirda dastlab umumta’lim maktabi o‘quvchilarining huquqiy bilimlari va madaniyatini oshirish, qonunga itoatkorlik va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oliy ta’lim o‘qish qamrovini oshirish va kasb-hunarga yo‘naltirishga oid fikr-mulohazalar bildirildi.So‘ngra, litsey va maktab o‘quvchilaridan iborat jamoalarga “Zakovat” intellektual o‘yiniga start berildi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqada IIV Qashqadaryo akademik litseyining “Huquq posbonlari” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qarshi tumanidagi 6-maktabning “Tojmahal” jamoasi 2-o‘rinni band etdi.
Ishtirokchilar g‘oliblik diplomi bilan taqdirlandi.

Text to speech