Mehr-saxovat xalqimizga xos fazilat
Yurtimizda
Muborak Ramazon oyi hamda Navro‘z shukuhi kezib yuribdi. Bayram munosabati
bilan viloyat 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov
Qamashi tumanida bo‘lib, tuman sektor rahbarlari hamrohligida bemorlar,
keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar holidan xabar olishdi. Fuqarolarning
xonadonida bo‘lgan sektor rahbarlari ularning sog‘ligi va boshqa muammolari
bo‘yicha suhbatlashib, samimiy muloqotda bo‘ldi va bayram sovg‘alarini
topshirdi.
Shuningdek,
tumandagi tog‘li hududda yashovchi keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar
holidan ham xabar olindi.
Shu kuni
viloyat IIB boshlig‘i “Yashil makon” loyihasi doirasida tumanda olib
borilayotgan ishlari bilan tanishib, ko‘chat ekdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.