25 Noyabr 2024 yil 565

– “Keksalar uchun turizm oyligi” sifatida nuroniy faxriylarning yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga sayohati tashkil etib kelinmoqda.

To‘rt yildirki, yurtimizda har yili noyabr oyligi  “Keksalar uchun turizm oyligi” sifatida belgilanib, nuroniy faxriylarning yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga sayohati tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, ichki ishlar organlari faxriylari ham bundan mustasno emas. Tizimda faxriylar va ularni oila a’zolarini salomatligini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish va qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida Chiroqchi tuman ichki ishlar bo‘limining bir guruh faxriylari Shahrisabz shahriga sayohati tashkil etildi.
Tadbirda ichki ishlar organlari faxriylariga Oqsaroy majmuasi va u yerdagi tarixiy obidalar mas’ullari tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Ham ruhiy quvvat, ham ma’naviy bilimini boyitgan xodimlar ziyoratgohdan bir olam taassurot olishdi.

Text to speech