3 Iyun 2023 yil 319

  Ichki ishlar organlari xodimlari kinoteatrda

Qashqadaryo viloyati IIBning navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” Qarshi shahar maʼnaviyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtdi. Markaz kinoteatrida boshqarma rahbariyati, tarkibiy boʻlimlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, faxriylar kengashi aʼzolari, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Qarshi tuman ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Tadbirni boshqarma maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Shermuhammad Muslimov ochdi.

Koʻlam keng tadbirda soʻz olgan boshqarma faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik Sodiq Islomov soʻzga chiqib, Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burch ekanligi, yoshlar har doim yurtga, kasbiga fidoyilik bilan xizmat qilishi lozimligini taʼkidladi. El osoyishtaligi yoʻlida qilingan har qanday xizmat eʼtirofsiz qolmasligini bildirdi. Soʻngra, xizmat faoliyatida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan hamda sport sohasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar va gʻoliblik medali tantanali ravishda topshirildi.

Yakunda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Cinema of Central Asia” studiyasi tomonidan suratga olingan “Oʻzbek qizi” badiiy filmi namoyish etildi.

Baxtiyor Abdugʻofur, Igor Kosteychenko va Mansur Abduxoliqov senariysi asosida suratga olingan filmda oʻtgan asrning 1941-1945 yillarida boʻlib oʻtgan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan oʻzbek xotin-qizlarining jang maydonlarida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi.

Oʻzbekiston va Belorussiya davlatlari aktyorlari ishtirokida suratga olingan filmda oʻzbek qizining dushman janglardagi ishtiroki va qahramonligi yaqqol yoritib berilgan.

Xodimlarda Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat tuygʻularini shakllantiruvchi film tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech