Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Iskandarov tuman aholisiga murojaati
Hurmatli Chiroqchi
ahli !
Barchamizga
yaxshi ma’lumki, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev tomonidan
asos solingan taraqqiyotimiz yangi bosqichining samaralari
jahon jamoatchiligi tomonidan
keng e’tirof etilmoqda.
Ayniqsa, inson
huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash borasida inqilobiy o‘zgarishlar
amalga
oshirildi.
Hududimizni
ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan
islohotlar va jalb qilinayotgan investitsiyalarning ko‘lamini
xalqimiz o‘z hayotida
his
qilmoqda.
Prezidentimiz ana
shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida
mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, buning uchun jinoyatchilikka
qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, xorijiy
investitsiyalarning jalb etilishi hamda hududda tadbirkorlikning rivojlanishi
jinoyatchilik ko‘rsatkichining pastligi, kriminogen vaziyat barqarorligi
hamda aholining xavfsiz va osoyishta turmush tarzi kafolatlan-
ganligi bilan bevosita
bog‘liqdir.
Aziz
tumandoshlar !
Muhtaram
Prezidentimizning joriy yilning 3 yanvar kunidagi yanvardagi mahallalarda
xavfsiz muhitni yaratish
va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada
oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari bilan jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarni oldini olish hamda bunga imkon berayotgan
shart - sharoitlarni
bartaraf etish bo‘yicha
yangicha mexanizmlarni yaratib
berdilar.
Endilikda, jinoyatchilikni
oldini olish bo‘yicha nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki boshqa
ijtimoiy
soha va jamoat tashkilotlari, hattoki, eng quyi tizimdagi “mahalla
yettiligi”ning ham alohida mas’ulligi belgilandi.
Qaror
talablaridan kelib chiqib, sohada ishlarni tizimli tashkillashtirish va
nazoratni yo‘lga qo‘yish maqsadida mening rahbarligimda ishchi guruhi tuzilib,
kunlik nazorat o‘rnatildi.
Tumandagi jami 55
ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 10 tasiga mas’ul rahbarlar
nomma - nom biriktirildi.
Barcha
mahallalarning choraklik manzilli “Yo‘l xaritalari” ishlab
chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda.
Jamoat
xavfsizligini ta’minlashda sohani raqamlashtirish va jamoat joylarini kuzatuv
kameralari bilan qamrab olish masalalariga e’tibor qaratyapmiz.
Jumladan, joriy
yilning 2 - choragida 430 ta kameralar,
70 ta “domofon” komplekslari va 12 ta “tashvish tugmalari” o‘rnatilib, 450 ta
obyektlar texnik qo‘riqlovga olindi.
Fuqarolarni
ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida”, “Obyekt qo‘riqlovda” hamda
“Xonadon qo‘riq-lovda” kabi jami
400 ga yaqin stikerlar
joylashtirildi.
Mahallalarda 85
ta “namunaviy xavfsiz ko‘chalar” va
190 ta “namunaviy xavfsiz yo‘laklar” tashkil etilib, 42 ta ko‘chalarga yoritish
chiroqlari o‘rnatildi.
“Ijtimoiy
profilaktika” tizimi asosida jinoyat
yoki huquqbuzarliklar sodir etishi yoki ularning qurboni
bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifasi aniqlanib, “mahalla yettiligi” va
boshqa mas’ullar tomonidan ular bilan manzilli ishlash yo‘lga
qo‘yildi.
Shu bilan birga,
mahallalarda sodir etilayotgan oldini
olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablari kunlik
tahlil qilinib, jinoyatlarning kelib
chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni zudlik bilan bartaraf
etish va barvaqt oldini olish hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l
qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rib boril-
moqda.
Jumladan,
mahallalarda sodir etilgan 77 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar
sabablari birma – bir tahlil qilinib, tegishli prokuror ta’sir choralari
qo‘llanildi.
Jinoyat va
huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon bergan omillarni vaqtida bartaraf
etish choralarini ko‘rmagan
30 nafar mas’ullarning intizomiy javobgarlik masalasi
hal etildi.
Albatta, qisqa
muddatda ko‘rilayotgan choralarimiz o‘z natijasi ko‘rsatmoqda.
Jumladan, “Qizil”
toifada bo‘lgan 10 ta mahallalarning
5 tasida kriminogen vaziyat barqarorligi saqlanmoqda.
Voyaga
yetmaganlar (3 /2), ayollar (9 / 4) hamda guruhlar
(9 / 7) jinoyatlarini kamaytirishga erishdik.
Aziz tumandoshlar!
Amalga oshirilgan
ishlarimizga qaramasdan, ayrim mahallarimizda jinoyatchilik sur’atining
oshishi, muayyan toifadagi kabi jinoyatlarning o‘sishi
kuzatilmoqda.
Xususan, dunyoda
axborot - texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi, insonlar
hayotini yengillashtirishi bilan
birga, ayrim shaxslar bundan noqonuniy boylik orttirish yo‘lidagi
manfaatlarida foydalanmoqda.
Joriy yilning
o‘tgan davrida hisobga qo‘yilgan jinoyat-larning 32 foizi (61 ta) axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar bo‘lib, ularning 55 foizi (33) o‘g‘irlik
va
45 foizi (25)
firibgarlik jinoyatlaridir.
Huquqni muhofaza
qiluvchi idoralarimiz ilgari duch
kelmagan kiber makondagi jinoyatlarning tahlili ularning
katta qismi yoki qariyb 80 foizi zararli mobil ilovalar va dasturlar orqali
sodir etilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari,
ayrim fuqarolarimizning beparvoligi oqibatida o‘zlariga tegishli
mol – mulklar, texnika vosita-
lari, chorva mollari yoki uy atroflarini qarovsiz qoldi-
rayotgani sababli o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga
imkoniyat yaratib berayotgani
ham ayni haqiqat.
Birgina, o‘tgan
davrda 3 ta xonadon o‘g‘irligi va 1 ta avtotransport vositalaridan o‘g‘irlik
jinoyatlari sodir etilgan.
Hurmatli fuqarolar !
Shu o‘rinda,
kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi jinoyatlarning ayrim
turlari borasida ham
gapirmoqchiman.
Oilalardagi
muhitni yaxshilash, ayniqsa, xotin - qizlarning muammolarini
o‘rganib, hal etishga alohida e’tibor qara-tilayotgan bir vaqtda,
oilaviy - maishiy muammolar
negizida 3 ta
jinoyatlar sodir etilgan.
Shu sababli,
notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish hamda
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash” markazi tashkil
etildi.
Oilalarni
sog‘lomlashtirish, nizoli oilalardagi ijtimoiy muammolarni manzilli aniqlab,
bartaraf etish bo‘yicha faoliyatimizni kelgusida keng jamoatchilik bilan
hamkorlikda davom ettiramiz.
“Og‘ir toifa”dagi 56 nafar yoshlarning
bandligi
ta’minlanib, 174 nafari chet tillari va kasb - hunar
o‘qitishga jalb etildi, ijtimoiy muammolarini hal etish va
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi.
Shunga
qaramasdan, o‘tgan davrda nazoratsizlik hamda ta’lim - tarbiya
ishlaridagi kamchiliklar oqibatida 2 nafar o‘quvchilar, 26
nafar yoshlar tomonidan
jinoyat sodir etilgan.
Shu sababli,
voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatiga
favqulodda holat sifatida
qaraladi.
Bundan keyin,
voyaga yetmaganlarga ta’lim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan
ota - ona hamda yashash va
o‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi yanada
kuchaytiriladi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Tumanda
Kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish
borasidagi faoliyat keng jamoatchilik va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda
yangi yondashuvlar asosida tashkil
etiladi.
Bu borada,
jinoyatning sodir etilishi emas, balki bunga
imkon bergan shart-sharoitlar va uning sabablarini bartaraf etishga asosiy
e’tiborni qaratamiz.
Mamlakatimizda
tinch va osoyishta hayotni yanada mustaxkamlash, mahallalarimizda huquqbuzarlik
va jinoyat-chilikni oldini olishda yagona kuch bo‘lib, hamjihatlikda
harakat qilaylik.
E’tiboringiz
uchun rahmat !