5 May 2020 yil 769

Bezorilik qilgan juftlik qoʼlga olindi

2020 yil 22 aprelь kuni Gʼuzor tuman IIBga tushgan habarga koʼra, shu kuni soat 20:00 larda Gʼuzor tumani Xalqobod MFYda yashovchi fuqaro E.N.ni qishloqdoshifuqaro I.H. “sen nimaga singlimga gapirasan deb” urganligi uchun, H.I.ning yashash uyiga, N.E.ning otasi fuqaro K.Sh qarindoshi, shu qishloqda yashovchi fuqaro M.Z. bilan borib, H.I. va uning otasi fuqaro N.B.lar bilan oʼzaro janjallashib, jamiyatda yurish-turush qoidalarini qasddan mensimasdan, bir-birlariga tan jarohati yetkazishgan. TIIB TB tomonidan holat yuzasidan Oʼz.R JKning 277-m 2-q “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. 

Text to speech