18 Mart 2024 yil 355

Bedarak yo‘qolgan shaxs qidirilmoqda

2024 yil 06 fevral kuni Koson tumani Mesit MFYda yashovchi fuqaro Eshonqulov Tuyg‘un Eshonovich shu kuni soat 09:00 larda yashil rangli  “ural”  markali velosipedda yashash uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yuqolgan.

Bedarak yo‘qolgan: Eshonqulov Tuyg‘un Eshonovich - 05.05.1956 yilda Koson tumanida tug‘ilgan, nafaqada, oilali 2 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Koson tumani, “Mesit” MFY, “Sumbula” ko‘chasi 39- uyda yashagan.

Alohida belgilari: Bo‘yi 165-170sm  atrofida, sochi oq rangda, qoshlari qora rang yoyisimon, ko‘zlari jigar rang katta, yuzi dumaloq shaklda, burni o‘rtacha kattalikda, tishlari tabiiy, lablari o‘rtacha qalinlikda.

Egnida bo‘lgan kiyimlari: qora rangli mavsumiy jenfer va qora rangli yengi yo‘q kurtka, qora rangli shim, oyog‘ida qora rangli kalish va boshida qora rangli shapka bo‘lgan

Text to speech