Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi MMI va KBTX boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Z.Kenjayeva va MMI va KBTX bosh psixologi, katta leytenant X.Xudoyqulovlar Kasbi, Mirishkor tumanlarida bo‘lib,Ichki ishlar bo‘limida faoliyat olib boruvchi xodimlarning oila aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ular tomonidan salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda dastlab, davlatimiz tomonidan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar haqida maʼlumot berilib, xodimlarni xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda ichki ishlar organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari uchun oila aʼzolari xususan ularning turmush o‘rtoqlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur ekanligi alohida taʼkidlandi.