"16 kun zo‘ravonlikka qarshi"
Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 1999 yilning 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr- Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan "16 kun zo‘ravonlikka qarshi" shiori ostida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi, tuman IIB JXX HPB XQMB, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘linmasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahalla xotin- qizlar ishtirokida tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda joriy yilning 11 aprel kunidagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”dagi Qonuni mazmuni va qonunchilikka kiritilgan o‘zgatirishlar haqida ma’lumotni tuman IIB HPB XQM bo‘yicha katta inspertorI leytenant B.Avazova tomonidan tushuntirildi.