15 Dekabr 2023 yil
543
Zo‘ravonlikka qarshi kurashish burchimiz
Respublika "Istiqbolli avlod"
ijtimoiy axborot markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda
"Barcha turdagi zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishda
huquqni muhofaza qilish organlarining roli" mavzusida semenar-trening o‘tkazildi.
Seminarda viloyatning barcha shahar tuman IIB
JHX HPB XQMB katta inspektorlari ishtirok etdi.
Tadbirda jamiyatda
inson huquqlarini ta’minlash, gender
masalalari hamda barcha turdagi zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning
huquqlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari xodimalarining vazifalarini
to‘g‘ri tashkil etish masalasiga e’tibor qaratildi. Qizg‘in bahslar asosida kechgan seminar ishtirokchilarning bilim va
malakasini boyitdi.