E’zozdagi faxriylar
Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami arafasida ichki ishlar organlari
xodimlari bir qator xayrli va savobga
yo‘g‘rilgan tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB
boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov boshchiligida boshqarma
boshlig‘ining maslahatchisi hamda faxriylar kengashi a’zolari tizim sohalarida
uzoq yillar ishlab, nafaqaga chiqqan, hozirda faxriylik gashtini surayotgan
nogironyoshi ulug‘ faxriylar iste’fodagi polkovnik Ro‘ziqul Xoliqov va
iste’fodagi kapitan, 1-guruh nogironi
Almat Temirov xonadonida bo‘lishdi. Tashrif doirasida faxriylarga moddiy
va ma’naviy ko‘mak berildi.
Eng ulug‘, eng aziz bayram
arafasida amalga oshirlgan bunday yo‘qlovdan faxriylar benihoyat mamnun
bo‘lishdi.
Faxriylar yoshlarga uzoq yillik xizmat
tajribalari va xotiralaridan so‘zlab berishdi.