12 Iyul 2025 yil 433

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi asosida) o‘qishga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga bo‘yi 175 sm past bo‘lmagan, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, yo‘nalishiga bo‘yi 170 sm past bo‘lmagan hamda “Pasport tizimini ta’minlash” yo‘nalishiga bo‘yi 165 sm past bo‘lmagan, o‘qishga oliy ma’lumotga ega (fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy ta’lim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi) yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Qashqadaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlar mumkin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagi bo‘lgan nomzodlar 2025 yilning 7 iyul kunidan 2025 yilning 7 avgust kuniga qadar haftaning ish kunlari soat 09.00 dan 17.00 gacha IIV Qashqadaryo Akademik litseyiga murojaat etishlari mumkin:

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Buyuk turon ko‘chasi            56-uy.

Ma’lumot uchun telefon: (75) 224-42-03, 224-40-88, 224-44-42

Ushbu telegram kanal orqali kerakli hujjatlarni olishingiz mumkin: https://t.me/KTF_2025akad

Text to speech