Zahri qotil shaydosi
2021 yilning 26 mart kuni Yakkabogʼ tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi muqaddam sudlangan R.А.ning giyohvand moddalar bilan savdo qilishi haqidagi xabarga asosan tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʼtkazildi. Unda “xaridor”dan 700.000 soʼmni olgan R.А. tumanning “Jambul” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan Q.Sh.ning uyiga borib, gugurt qutiga joylangan “marixuana” giyohvandlik vositasini 450.000 soʼmga sotib olib, “xaridor”ga bergan vaqtda Yakkabogʼ tuman IIB tezkor va Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Bundan tashqari, shu kuni soat 15:00 larda Sh.Qobilovning yashash uyi koʼzdan kechirilganda, yashash uyidan 43,1 gramm koʼp miqdordagi “Marixuna” giyohvandlik vositalari, 29,8 gramm “Kannabis oʼsimligi” urugʼlari va sugʼurib olingan nam holatdagi 20 tup “Kannabis oʼsimligi” nihollari, oʼzining egnidagi shimining orqa oʼng choʼntagidan qogʼoz boʼlagiga oʼralgan 0,95 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositalari topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.