“Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-96 sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda intellektual salohiyatli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida Yoshlar markazida o’quvchi yoshlar o’rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi.
Intellektual
bahsda IIV Qashqadaryo akademik litseyi, QMII akademik litseyi, QarDU akademik
litseyi, TATU Qarshi filiali akademik litseyi hamda Janubi-g'arbiy maxsus
harbiy okrug jamoalari o'zaro bahs olib bordilar.
Yakuniy
natijalarga ko'ra faxrli 1-o'rinni IIV Qashqadaryo akademik litseyi, 2-o'rinni
QMII akademik litseyi, 3-o'rinni QarDU akademik litseyi jamoalari egalladi.
G'oliblar tashkilotchilarning esdalik sovg'alari va diplom bilan taqdirlandilar