16 Sentyabr 2021 yil 532

Yangi qaror mohiyati yuzasidan

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB M va FRB tomonidan hudud aholisi oʼrtasida targʼibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Xususan, tumanda istiqomat qilayotgan xorijlik fuqarolar bilan ham mamlakatimizda qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilmoqda.

Yaqinda Vazirlar Mahkamasining "Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga chet el davlat fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasida boʼlish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida"gi qarori yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Kitob tumani IIB M va FRB boshligʼi, katta leytenant F. Boymirzaev tomonidan tumandagi Oʼzbekiston-Xitoy hamkorligidagi "Qarshi conch cement" nomli, kuniga 3200 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega qoʼshma korxonasida faoliyat olib borayotgan xorijlik fuqarolarga ham ushbu qaror mohiyati yetkazildi. Mazkur huquqiy hujjat joriy yilning 10 sentyabridan kuchga kirishi toʼgʼrisida ogohlantirildi.

Text to speech