9 May 2020 yil 772

Xotira va Qadr hech qachon eskirmaydigan tuygʼu.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 30 martdagi PF-5977-sonli “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʼbatlantirish toʼgʼristida”gi farmoni hamda 2019 yil 23 oktyabrdagi PQ-4495-sonli “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʼalabaning 75 yilligini munosib nishonlash toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyat IIB rahbariyati tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyatda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda mehnat fronti qatnashchilarining yashash uylariga borilib Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan “Ikkinchi jahon urushidagi gʼalabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali hamda qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

Text to speech