5 May 2021 yil 506

Xotin-qizlar va yoshlarga koʼmak berildi

Bugungi kunda xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ular oʼrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bandligini taʼminlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʼnalishiga aylandi. Bu borada 3-sektor - Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan bir qator samarali ishlar amlga oshirib kelinmoqda. Jumladan, sektor boʼyicha yuritilgan “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan “Otchopar”, “Аralovul”, “Nuriston”, “Choʼlquvar” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolarning oilasi, uy sharoitlari oʼrganilib, kelgusida ularning bandligini taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini qoʼllab-quvvatlash maqsadida amaliy koʼmak berildi. “Аyollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va ayollarga tikuv mashinalari, pishiriq pechlari hamda kompьyuter jamlanmalari berildi. Ular kelgusida bu imkoniyatlardan ezgu maqsadlar yoʼlida oqilona foydalanishiga ishonch bildirildi.
Bundan asosiy koʼzlangan maqsad, albatta, xalq manfaatlari, aholi farovonligi, eng muhimi osoyishta turmushga zamin hozirlash bugungi kunning talabidir.

Text to speech