10 Noyabr 2022 yil
606
Xotin-qizlar muammolari hal etildi
Qashqadaryo viloyatida oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish, jabr ko‘rganlarga amaliy yordam berish va nizoli oilalarning muammolarini o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB va viloyat prokuraturasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul jarayonida 17 ta doimiy ravishda nizolashib kelayotgan oilalarning muammolari o‘rganilib, 4 ta oila yarashtirildi, 3 nafariga himoya orderi berildi, 2 ta xotin-qizlarning aliment bilan bog‘liq muammosi hal etildi.Bu boradagi profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.