11 Fevral 2023 yil 557

Xonadonida "marixuana" giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs ulandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida yana bir og‘ufurushning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, 2023 yil 4 fevral kuni Qarshi tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tumanning “G‘ubdin” MFYda yashovchi X.B. ning turar joyini ko‘zdan kechirilganda, hovlisidagi  tovuqxona ichida bir dona selofanga va bir dona oq rangli qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan holatda hamda “Spichki” yozuvli gugurt quttisida yashil rangli o‘simlik urug‘lari topildi.

Bundan tashqari, uning uyida 0 grammdan, 500 grammgacha o‘lchash uchun mo‘ljallangan elektron tarozilar ham aniqlab olindi. Marixuana giyohvandlik vositasi taroziga qo‘yilganda 1,13 gramm tosh bosdi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech