17 May 2022 yil 321

Xodimlarining tartib intizomi va qonunchilikka rioya qilishi amaldagi me'yoriy buyruqlar asosida kunlik xizmatini tashkil etish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi

Qashqadaryo viloyati IIB JXX HPH boshlig‘i podpolkovnik R.G.Temirov, Farg‘ona  viloyati IIB HPH VYIXYKM ayrim xodimlariga nisbatan Qo‘qon shahar prokuraturasining 18.03.2022 yil kunidagi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi taqdimnomasiga asosan Farg‘ona viloyati IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining ayrim xodimlariga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruv natijalari to‘g‘risida gapirib o‘tib, Qashqadaryo viloyati IIB JXX HPH Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmagan shaxslar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lmasdan, ularni ma’naviyatli va ma’rifatli shaxs bo‘lib dunyoqarashini o‘zgartirishi uchun bor imkoniyatlardan oqilona foydalanib, hayotga bo‘lgan qarashini ijobiy tomonga o‘zgarishi yo‘lida birgalikda, hamjihatlikda ishlashlik haqida gapirib o‘tdi.

 

  Kun tartibidagi masalalar yuzasidan VIIB HPH VYIXYKM ning boshlig‘i  podpolkovnik I.A.Rasulova so‘zga chiqib, har bir xodim markazga olib kelingan voyaga yetmaganlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  2021 yil 03 avgust kunidagi 490-sonli qaror hamda IIV ning 28.09.2021 yil kunidagi 353-sonli buyrug‘i  asosida qabul qilinishi va ijrosi ta’minlanishi, bundan tashqari xodimlarning qonun va meyoriy buyruqlar asosida xizmatni tashkil etib intizomga rioya etishi, korrupsiya va ta’magirlikka yo‘l qo‘ymasligi haqida, markaz shaxsiy tarkibi tomonidan hamda tegishli mutassadi tashkilotlar bilan xamkorlikda voyaga yetmaganlar qarovsizligi va nazoratsizligi huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning axvoli qoniqarli bo‘lsada, ayrim jixatlarga tanqidiy yondoshib, bu borada ayrim xodimlarni qattiq ogohlantirib, o‘z fikr muloxazalari va ko‘rsatmalarini berib, amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini yoritib berdi.

  Viloyat IIB JXX HPH boshlig‘i podpolkovnik R.G.Temirov yig‘ilishga yakunida, kun tartibidagi masala muhokamasidan kelib chiqib o‘z fikr-muloxazalarini bildirib, VYIXYKM shaxsiy tarkibiga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.      

Text to speech