Xavfsizlikni taʼminlash yoʼlida
Shahrisabz shahar Аmir Temur xiyobonida Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari mahalliy va xorijiy turistlar xavfsizligini taʼminlash, karantin qoidalari ijrosini taʼminlash maqsadida majmuada faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilar hamda savdo-sotiq ishlari bilan shugʼullanuvchi fuqarolar oʼrtasida targʼibot va tashviqot ishlarini olib borishdi.
Targʼibot tadbirida asosiy eʼtibor majmuaga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy fuqarolarning shaxsiy narsa va buyumlariga ehtiyotkor boʼlishlari, mehmonlar bilan xushmuomila munosabatda boʼlish, sayohatchilarga nisbatan huquqbuzarlik yoki jinoyatlar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan ichki ishlar organlari va viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi navbatchilik qismiga telefon qilishlari lozimligi uqtirildi.
Shuningdek, karantin vaqtida belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etish borasida zaruriy tavsiyalar berib oʼtildi. Shu bilan birga majmuada tibbiy niqob taqmasdan yurgan mahalliy sayyohlarga tushuntirish ishlari olib borilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.