Xavfsiz turizmni taʼminlash – davr talabi!
Oʼzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti va uning viloyatlar filiallarida 2020 yil 18 dekabrь kuni Ichki ishlar organlarining Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalarining masʼul xodimlari ishtirokida “Xavfsiz turizmni taʼminlash – davr talabi: Xavfsiz turizmni taʼminlashda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining hamkorligi” mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferentsiya boʼlib oʼtdi. Ilmiy-amaliy konferentsiyada Xavfsiz turizmni taʼminlash xizmatining Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi hamda jamoat tartibini saqlash guruhi xodimlari ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy konferentsiyada muhokama va munozaralar shaklida boʼlib, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmon va sayyohlarga xavfsiz va sifatli xizmat koʼrsatish, xavfsiz turizmni taʼminlashda tahlil va hamkorlikning ahamiyati, turizm obʼektlari va ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida”gi qonun - xavfsiz turizmni taʼminlash kafolati”, xavfsiz turizmni taʼminlashda profilaktika inspektorlarining oʼrni, xavfsiz turizmni taʼminlash sohasida surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishning oʼziga xos xususiyatlari borasida soʼz yuritildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.