20 Noyabr 2020 yil 1052

“XАVFSIZ HUDUD” TАDBIRI HАMJIHАTLIKDА SАMАRАLI OLIB BORILMOQDА

Vohaning eng koʼp jinoyat sodir etiladigan Qarshi shahar va Qarshi tuman hududida 2020 yil 18 noyabrь kuni “Xavfsiz hudud” kompleks tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbir samaradorligini oshirish maqsadida ichki ishlar organlari, milliy gvardiya, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari hamda Qarshi shahar va Qarshi tuman hokimligi vakillari, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi, Sogʼliqni saqlash, Prokuratura, vakillari ham patrullik guruhlariga jalb qilindi. Shu kuni soat 08.00da tashkil etilgan patrullik guruhlariga xizmat oldi yoʼriqnomasi oʼtkazilib, har bir masʼul shaxslarning vazifalari belgilab berildi.
Tadbirlar davomida tungi patrullik guruhlari tomonidan jami 325 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlandi. Аniqlangan qonunbuzarliklar tahlil qilinganda 8 ta jamoat joylarida spirtli ichimlik ichish, 1 ta IIOlari xodimining qonuniy talabini bajarmaslik, 2 ta mayda bezorilik, 9 ta obodonlashtirish qoidalarini, 153 ta sanitariya qoidalarini buzish, 3 ta pasport-viza tartib-qoidalariga rioya etmaslik va 149 ta boshqa huquqbuzarliklarni tashkil etdi.
Qarshi shahar va Qarshi tumani hududida tadbir davomida huquqbuzarlik sodir etganligi yoki shubha uygʼotganligi uchun
245 nafar fuqarolar keltirilib, ular bilan profilaktik suhbatlar oʼtkazildi.
Bundan tashqari, 109 nafar ilgari sudlanganlar, 145 nafar ruhiy kasallar, 3 nafar giyohvandlar, 102 nafar spirtli ichimlikka roʼju qoʼyganlar, 36 nafar oila-turmush doirasida muntazam huquqbuzarlik sodir etuvchilar va 144 nafar boshqa toifa boʼyicha hisobda turuvchilar bilan jinoyatlar sodir etishlarini oldini olish va qayta jinoyaga qoʼl urmasliklari borasida ham yakka tartibda suhbatlar oʼtkazildi. Ulardan 2 nafar spirtli ichimlikka roʼju qoʼyganlar, 1 nafar ruhiy kasallar tegishli tartibda dispanserlarga joylashtirildi. Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etganligi uchun
3 nafar shaxslar profilaktik hisobga olinib, ularga murabbiylar biriktirildi.
Fuqarolarning ongida jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini singdirish maqsadida sodir etilgan jinoyatlardan 10 tasi sektor rahbarlari tomonidan jamoatchilik oʼrtasida keng muhokama qilindi. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida mahallalardagi 1 ta xonadon va 10 ta obʼektlarga video kuzatuv kameralari oʼrnatildi. Xonadonlarni oʼrganish davomida 5 nafar uzoq muddatga yashash manzilidan chiqib ketib qaytib kelgan fuqarolar aniqlanib ular bilan tegishli tartibda profilaktik suhbatlar oʼtkazildi.
Viloyat IIB YHXB va uning quyi tizimlari xodimlari tomonidan Qarshi shahar va Qarshi tuman hududidagi 2068 nafar fuqarolar bilan joylarda yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda yoʼl-transport hodisalarini oldini olish boʼyicha tushuntirish va ogohlantiruv tadbirlari, profilaktik suhbatlar va yoʼl harakati qoidalariga amal qilinishini taʼminlash yuzasidan targʼibot va tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir davomida, jami 803 ta yoʼl harakati qoidabuzarliklari aniqlandi. Shundan 8 ta spirtli ichimlik isteʼmol qilib transport vositasini boshqarish, 133 ta odam tashish qoidasini buzish, 142 ta quvib oʼtish qoidasini buzish, 101 ta svetoforning taʼqiqlovchi chiroqlariga rioya qilmaslik va boshqa qoidabuzarliklar ana shular jumlasidan.
Oʼtkazilayotgan kompleks tezkor-profilaktik tadbir davomida yuzaga kelgan muammolarning yechimi yuzasidan Qarshi shahar, Koson, Qarshi va Chiroqchi tumanlar sektor rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida yigʼilish oʼtkazilib, unda aniqlangan masalalar atroflicha tahlil etilib, yechilishi belgilangan.

Text to speech