26 Yanvar 2023 yil 258

Xalqchil tuzilma asosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  2023 yil 20 yanvar kuni “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati IIB va uning shahar-tumanlarida Qaror mazmun-mohiyatini o‘rganiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Ko‘kdala tumani IIBda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat IIB rahbariyati, bo‘lim rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etib, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash asosiy maqsad etib belgilangani ta’kidlandi.

Bunda birinchi navbatda Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi. Kodeksda belgilangan qoida va talablarga amal qilish xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni hisoblanishi, kodeks talablarini buzgan xodimlarga tizimdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy choralar ko‘rilishi ishtirokchilarga tushuntirildi.

 Targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Text to speech