11 Yanvar 2022 yil 591

“Voyaga yetmaganlar nazoratida oila-maktab-mahalla hamkorligi”


“Voyaga yetmaganlar nazoratida oila-maktab-mahalla hamkorligi” mavzusida oʼquv seminari boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma, Qarshi shahar IIO FMB va shahar-tuman IIBlarida faoliyat koʼrsatib kelayotgan inspektor-psixologlar ishtirok etishdi.
Tadbirda voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etilishini erta aniqlab, oldini olish, qonunbuzarliklar sodir etilishiga yoʼl qoʼymaslik borasida keng qamrovli oʼquv seminarida viloyat IIB HPB VEIHYoKM boshligʼi podpolkovnik I.Rasulova maʼruza qildi. Notiq oʼz soʼzida mahalla-maktab-oila tizimida ishlarni tashkil etish bu borada Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʼrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori mazmun-mohiyati xususida ishtirokchilarga tegishli tushunchalar berdi.
Yigʼilishda voyaga yetmaganlar nazoratida oila, mahalla, maktab hamkorligini yoʼlga qoʼygan holda bolalarning ijtimoiy ahvolini oʼrganish, jinoyat sodir etishga moyillarini aniqlab, sogʼlom muhitga qaytarish uchun tegishli chora-tadbirlar belgilash, ushbu jarayonda xizmat intizomi va qonunchilikka ogʼishmay amal qilish lozimligi bugungi kun talabi ekanligi taʼkidlandi.
Tadbirda viloyat IIB boshligʼining 1-oʼrinbosari polkovnik J.Аtaev va boshqarma JTSD boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik R.Temirov ishtirok etdi.

Text to speech