19 Iyul 2021 yil 589

Viloyat 3 sektor rahbari Qamashi tumanidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

Shuhratjon Satvoldiev "Obod mahalla" dasturi boʼyicha Balandchayla va Paxtaobod mahallasida obodonlashtirish ishlarining borishini oʼrgandi. Shuningdek,  velosiped va piyodalar yoʼlagi, mini stadiondagi qurilish ishlarini borib koʼrdi.

 - Аmalga oshirilayotgan ishlar birinchi navbatda odamlarning kayfiyatini koʼtarishga xizmat qilishi kerak,  - dedi viloyat 3 sektor rahbari.

 Oʼrganish davomida qurilish va obodonlashtirish ishlari boʼyicha masʼullarga tegishli koʼrsatmalar berildi.

Text to speech