16 Dekabr 2023 yil
521
Viloyatimizda IIV ishchi guruhi tomonidan IIO ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari xizmat faoliyatini o‘rganish ishlari boshlandi.
IIV ishchi guruhi tomonidan, hududiy
IIOda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni o‘rganish, idoraviy
hujjatlarning meyoriy buyruq talablari asosida yuritilishi, shaxsiy tarkib
bilan turli noxush holatlar, guruhbozlik va boshqa salbiy illatlarning oldini
olishga qaratilgan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek joylarda “xodimbay”
ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish maqsad
qilingan bo‘lib, ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida o‘rganish ishlarini davom
ettirmoqda.
Dastlabki o‘rganishlar Nishon tumani
kesimida boshlanib, barcha hududiy IIOda o‘tkaziladi.
Shuningdek,
o‘rganishlar davomida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qo‘shimcha chora-tadbirlar
belgilash ko‘rsatib o‘tilgan.